Bayer




"Bayer" — Germaniyadagi kimyo kompaniyasi, 1863-yilda tashkil topgan. 1992-yilgacha Germaniyaning "I. G. Farbenindustri" kimyo konserni tarkibiga kirgan. Oʻgʻitlar, oʻsimliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, urugʻlik dorilanadigan preparatlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi, agrokimyoviy xizmat koʻrsatadi. Jahondagi 150 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. 1992-yildan Oʻzbekistonda vakolatxonasi ochilgan. Aylanma kapitali 48,6 mlrd. marka, 141 ming ishchi-xizmatchi ishlaydi (1997).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz