Baydu ensiklopediyasi
Baidu ensiklopediyasi (xitoycha: 百度百科, pinyin: Bǎidù Bǎikē) — xitoy tilidagi onlayn-ensiklopediya, Baidu qidiruv tizimi tomonidan taʼminlab turiladi. 2006-yil 20-aprelda test rejimida ishga tushirilgach, keyingi uch oy ichida undagi maqolalar soni 90 mingga yetdi va bu koʻrsatkich boʻyicha Xitoycha Vikipediyadan oʻzib ketdi.
Xitoy hukumati talablariga asosan ensiklopediyada siyosiy mavzular senzuralab turiladi.
2014-yil aprel oyi statistikasiga koʻra Baidu ensiklopediyasida 7 milliondan ortiq maqola mavjud, roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni esa 4 milliondan ortiq.
Qoidalari
Loyiha yaratuvchilari ensiklopediyani tenglik, hamkorlik va maʼlumotlarni erkin almashish gʻoyalariga asoslanib tuziladigan ochiq internet-ensiklopediya sifatida ifodalashadi.
Maqolalar roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar tomonidan yoziladi va masʼul adminstratorlar taqrizidan oʻtgandan soʻnggina chop etiladi.
Quyidagi turdagi mazmundan iborat maqola va fikrlar oʻchiriladi:
Oʻsish tarixi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org