BAYBAK



BAYBAK, cho’l sug’uri (Marmota bobac) — sug’urlar urug’iga mansub sut emizuvchi hayvon. Tyinsimonlar oilasiga kiradi. Tanasining uzunligi 60 santimetrgacha, dumi 15 santimetrgacha, og’irligi 6,5 kilogramgacha. Rossiya, Ukraina va shim. Qozog’iston cho’llarida tarqalgan. Tuproqda qazilgan inlarida oila bo’lib yashaydi. Ertalab va kechqurun faol hayot kechiradi. Qishda 6 oy uyquga ketadi. Soni kamayib ketganligi tufayli muhofaza qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz