Bayat Muxtorov
Bayat Muxtorov — oʻzbek haykaltaroshi va avangard rassom boʻlib, Oʻzbekistonda birinchi boʻlib performans va xeppening usullaridan foydalangan.
Tarjimai hol
1946-yil 29-martda Oʻzbekistonning Andijon shahrida dunyoga keladi, lekin bolaligidanoq oilasi bilan Toshkentga koʻchib keladi. 1979-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent san’at institutini (hozirgi Mannon Uygʻur nomidagi Oʻzbekiston Davlat san’at instituti) monumental va dekorativ plastika boʻyicha tamomlagan. U 1990-yilda SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi boʻldi. Bayat Muxtorov 1995-yilda Moskvada u IFA ((International Federation of Artists) - YUNESKOning rassomlar va dizaynerlar xalqaro federasiyasiga (sertifikat № 5895) qabul qilindi.
Ijodiy faoliyati
U koʻplab xalqaro va respublika koʻrgazmalarida, haykaltaroshlik simpoziumlarida ishtirok etgan. Bayot Muxtorovning ijod ishlari Oʻzbekiston Davlat san’at muzeyi, shuningdek, Rossiya, AQSH, Gollandiya, Italiya, Shveysariya, Eron va boshqa davlatlardagi galereya va xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. 1985-yildan Respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.
Asosiy ko'rgazmalar Havolalar
uz.wikipedia.org