Bayanavul (tuman)





Bayanavul tumani  — Pavlodar viloyatining janubiy — gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Bayanavul qishlogʻi.

Geografiyasi



Tuman hududi 18,5 ming km. Shimoliy tomonidan Ekibastuz shahrining qishloq hududlari bilan, shimoliy-sharqida— Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan, sharqida — May tumani bilan, janubiy va gʻarbiy tomonlaridan — Qaragʻandi viloyati bilan chegaradosh.

Iqlimi



Tuman iqlimi — keskin kontinental. Yoz oyi issiq (+35 °C-gacha) qishi oyi sovuq (−34 °C-gacha). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 270 va 277 mm orasida, yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −14º-16 °C, iyulniki +18º+20 °C.

Aholisi



2012-yili tuman aholisi 27,78 ming kishini tashkil qildi. Aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi, shuningdek — ruslar, olmonlar, ukrainlar va boshqalar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,5 kishidan toʻgʻri keladi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

Hududiy boʻlinishi



Tumanning katta qishloqlari: Bayanavul, Aqsan, Birlik, Janajoʻl, Janatilek, Qaratoʻmar, Qumdikoʻl, Kurkeli, Leker, Satpaev, Toriaygʻir, Uzinbulaq.

Iqtisodiyot



Sanoati



Bayanavul tumanida togʻ -kon sanoati yaxshi rivojlangan, moy-non zavoqlari, turli kombinatlar, tipografiya, ikkita avtomabil korxonalar, uchta bunyodkorlik jamoatlari faoliyat yuritmoqda.

Turizm



Bayanavul davlat milliy bogʻi hududida 35 ta hordiq maskanlai mavjud, shulardan Jasibay koʻlida — 28, Sabindikoʻl koʻlida — 5, Toriaygʻir koʻlida — 2. Hozirgi kunda milliy bogʻ hududida 37 arxeologik yodgorliklar, tabiiy yodgorliklari mavjud. Turizmni rivojlantirish maqsadida bogʻ hududida 208,5 km uzunlikda 11 ta turist yoʻnalishlari va 1 botanikalik yoʻlakcha bunyod etilgan.

Ijtimoiy soha



Ijtimoiy-iqtisodiy darajasi



Qozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderlik poligonidagi yaderlik sinoqdan jabr koʻrgan fuqorolarni ijtimoiy himolash haqida“ qonuniga binoan Bayanavul tumani engilliklari mavjud ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi hudud hisoblanadi.

Taʼlim



2012-yilgi oʻquv yilida tumanda 33 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi maktablari, 5 ta maktabgacha mahkamalari va 1 kasbiy maktab-litsey faoliyat yuritadi.

Tibbiyot



Tumanda Bayanavul markaziy tuman kasalxona bor, bosh shifokori Qalken Armizov.

Madaniyat



Tumanda madaniyat uyi, 44 ta umumiy bilim beruvchi, 2 musiqa va sport maktablari, 19 ta bola bogʻcha, Mayqayin qishlogʻida filiali mavjud kasbiy-texnik uchilishi, 39 ta kinomantaj, 45 ta kutubxona, uchta muzey (qarangI. Satbaev, S. Toriaygʻirov, M.J. Koʻpeev) mavjud. „Jenis“ („Bayantau“) (1931-yildan buyon) va „Pobeda“ (1955-yildan buyon) tuman gazetalari chiqariladi. 1993-yili tugʻilganiga 325 yil boʻlishiga bogʻliq shoir Buqar jirauga atab Bayanavul qishlogʻining markazida haykal qoʻyildi. 2008-yili esa shoir, kompozitor Jayau Musa Bayjanuliga atab haykal qoʻyildi. Bayanavul qishlogʻidan 12 km masofada Jasibay koʻlinіng soʻng yoqasida joylashgan. Haykaltarosh M.Ye. Sergebaev.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz