BAYAN



BAYAN (qadimgi rus baxshi-shoiri Boyan nomidan) — klavishli, tilchalidamli cholg’u asbob, xromatik garmonika. Bayanning “tayyor” akkordli va “tanlama” (bir necha oktava uchun basda to’liq xromatik gammali, standart akkordsiz) xillari bor. O’ng qo’l klaviaturasi klavishlardan emas, tugmachalardan iboratligi bilan tashqi ko’rinishda akkordeondan farqlanadi. Bayan klarnet, goboy singari so’zlarning tovushiga o’xshash sado beradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz