BAYAMO
BAYAMO — Kubaning Sharqiy qismidagi shahar, Granma provintsiyasining ma’muriy markazi, Bayamo daryosi bo’yida. Aholisi 125 ming kishi (1990). Temir yo’l tuguni. Shakarkamish, kofe, kakao, don ekinlari, mevalar yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Bayamoda oziq-ovqat (asosan shakarqand zavodlari), to’qimachilik, tamaki, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati korxonalari bor. Shaharga 1513 yilda asos solingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz