BAYA-MARE



BAYA-MARE — Ruminiya shimoldagi shahar, maramuresh judesining ma’muriy markazi. Aholisi 150 ming kishi (1989). Konchilik sanoati rayoni markazi. Rangli metallurgiya (mis, oltin, kumush, qo’rg’oshin) sanoati rivojlangan. Kime, mebel ishlab chiqarish, to’qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahar 1329 yildan ma’lum. Me’moriy yodgorliklardan Shtefan minorasi (15-asr) va boshqalar saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz