BAXTIYORIYLAR



BAXTIYORIYLAR — Eronning asosan Janubi-g’arbi (Baxtiyoriya) da yashovchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalar. Soni 1 million kishi (1992). Baxtiyoriylar fors tilida so’zlashadi. Islom diniga e’tiqod qilishadi. Baxtiyoriylarda qabila-urug’chilik tartiblari hanuzgacha saqlangan. Baxtiyoriylar asosan ikki uyushma (haftlanglar va chahorlanglar) ga bo’lingan. Uyushmalarni ilxonlar, urug’larni esa xonlar boshqaradi. Baxtiyoriylar Eronning eng qadimgi xalqlaridan bo’lib, Markaziy hokimiyatga bo’ysunmay, doimo mustaqil hayot kechirib kelgan. Baxtiyoriylar asosan chorvachilik — qo’y, echki boqish va qisman dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Baxtiyoriylarning bir qismi Janub Erondagi neft sanoatida ishlaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz