BAXTIYORIY
BAXTIYORIY — xo’raki hamda vinobop jaydari uzum navi. Tupi kuchli o’sadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (bo’yi 18 — 21 santimetr, eni 22 — 23 santimetr), to’garak, besh bo’lakchali, cheti bir oz yuqoriga qaytarilgan, mayda arra tishli, tuksiz. Uzum boshi tsilindrkonussimon, katta (bo’yi 20 – 25 santimetr, eni 10 – 20 santimetr), o’rtacha tig’iz, og’irligi 500-600 gramm. G’ujumi o’rtacha (14 — 20 millimetr), tuxum shaklida, sarg’ish-yashil, etdor va sershira, po’sti yupqa. Sentabr boshlarida pishadi. Tarkibidagi qand 18 — 19%. Hosildorligi 120 — 140 tsentner/gektar. Bu nav qurg’oqchilikka ancha chidamli, shuning uchun lalmikor yerlarda yaxshi o’sadi. Sovuqqa chidami o’rtacha. Samarqand viloyatida keng tarqalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz