Baxtiyor Yoʻldoshev




 

Baxtiyor Yoʻldoshev (1970-yil 7-aprel) — sovet va qirgʻiz futbolchisi, darvozabon. Qirgʻiziston terma jamoasi safida toʻp surgan.

Biografiya



1990-yillarning boshlarida u „Tom“ klubi safida katta futboldagi faoliyatini boshlagan. Tom jamoasi safida SSSRning ikkinchi quyi ligasida 3 ta oʻyin va Rossiyaning birinchi ligasida bitta oʻyin oʻtkazdi.

1993-yilda Markaziy Osiyoga qaytib keldi. Baxtiyor dastlab O‘zbekiston oliy ligasi vakili Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi safida toʻp surdi. 1995-yil vataniga qaytdi va „Alay“ jamoasi bilan shartnoma tuzdi. 1996-yil Oʻzbekiston chempionatining boshqa bir vakili Jizzaxning „So‘g‘diyona“ jamoasi safiga borib qoʻshildi. Jizzaxliklar safida bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, keyingi mavsumlarni Qirg‘izistonning oliy ligasi jamoalari „Semetey-Dinamo“, „Jashtik-Aq-Oltin“ klublarida to‘p surdi. „Semetey-Dinamo“ jamoasi tarkibida Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 1999-yilda yana qoʻqonliklar jamoasi bilan shartnoma imzoladi. „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surdi. 2002-yil „Jashtik-Aq-Oltin“ jamoasi tarkibiga qaytdi va 2003-yilda Qirgʻiziston chempioni boʻldi.

Milliy terma jamoa



1997-yil iyun oyida Qirgʻiziston terma jamoasi tarkibida 1998-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Maldiv orollariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazdi va ularda gol oʻtkazib yubormadi (3:0 va 6:0).

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz