Baxtiyor Umarov




Baxtiyor Umarov —sharqshunos filolog, eronshunos, tarix fanlari nomzodi. 1958-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1980-yil bitiruvchisi.

Faoliyati



1980 — 1982-yillarda Toshkent Oliy partiya maktabida tarjimon
1982 — 1984-yillarda Afgʻonistonda harbiy xizmat
1985 — 1986-yillar yana Toshkent Oliy partiya maktabida tarjimon
1986 — 1988-yillarda esa maslahatchilar guruhida tarjimon
1988 — 1990-yillarda Toshkent Oliy partiya maktabi 2 yillik kursida tinglovchi. Himoyadan soʻng 1992-yilga qadar Siyosatshunoslik va boshqaruv institutida katta oʻqituvchi
1992-yildan hozirgi kunga qadar Shvetsariyaning „Promos S. A.“ firmasi regional vakili.

Ilmiy yoʻnalishi



Siyosatshunoslik, Afgʻonistonning eng yangi tarixi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir necha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

Asosiy ilmiy ishlari



Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Stanovleniye i tendensii razvitiya politiki natsionalnogo primireniya v Afganistane“. — T., 1990.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz