Baxtiyor Tasimov
Baxtiyor Tasimov - Arabshunos-filolog olim, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1950-yil 14-mayda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti sharq fakultetining arab boʻlimning 1976-yil bitiruvchisi.
1976-yilda Iroqda tarjimon boʻlib xizmat qildi. 1976–1982 Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet tillar tahririyatining mudiri, 1983–1986-yillar Iqtisodiy aloqalar davlat komitetinnng (GKES) Shimoliy Yamandagi vakili, 1986–1991-yillar Qozogʻiston davlat universitetining arab tili oʻqituvchisi, 1991–1992-yillar Olmaotaning Marokashdagi vakili, 1992–1995-yillar Qozogʻiston Respublikasining Tashqi ishlar aazirligida Yaqin Sharq boʻlimining mudiri, 1995 – 1998-yildan Qozogʻiston Respublikasining Qohiradagi elchixonasida siyosiy maslahatchi. Hozir nafaqada.
Ilmiy yoʻnalishi – ilmiy pedagogika, darsliknavislik.
Asosiy ilmiy ishlari: Nomz. diss. mavzusi:“Abu Ali ibn Sinoning sogligni saqlashga doir risolalari”. – T., 1973.
1.Arab tili. 1-qism. Olmaota, “Mektep”, 1989.
2.Arab tili. 2-qism. (A. Dadabayev bilan hammualliflikda). Olma-ota, “Rauan”, 1991.
3.Alifbo. Darslik. Olmaota, “Rauan”, 1991.
4.Arab tili. 2-qism. Olmaota, “Rauan”, 1992.
5.Oʻqish kitobi. (A. Dadabayev bilan hammualliflikda). Olmaota, “Rauan”, 1992.
6.Tote jazu: Oʻquv qoʻllanma. – Olmaota: Kichik korxona nashriyoti, 1992.– A. Derbisaliyev va M. Majenova bilan hammualliflikda.
uz.wikipedia.org