Baxtiyor Subanov




Baxtiyor Subanov  — oʻzbek davlat arbobi, 2002—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

Biografiyasi



1955-yil 1-avgustda Namangan shahrida tugʻilgan.

1977-yilda Toshkent militsiya maktabini tugatgan.

1977-1981 — Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati epizootiya bilan kurashish, karantin tadbirlarini taʼminlash 3-sonli boʻlinmasi xodimi, keyinchalik komandiri.

1981-1994 — Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori, katta inspektori, boʻlinma boshligʻi, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari.

1994-1997 — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1997-2002 — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi.

2003-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2006-yildan nafaqada.

Mukofotlari



1998-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni, 2001-yilda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz