Baxtiyor Olimjonov




Baxtiyor Mamajonovich Olimjonov (1949-yilda tugʻilgan) — oʻzbek iqtisodiy va davlat arbobi, Surxondaryo viloyati hokimi (2000-yil 24-mart — 2002-yil 21-fevral).

Tarjimai holi



Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qishloq xoʻjaligida boshlagan. 1998-yilgacha „Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish“ davlat kooperativ konserni raisi boʻlgan. 1998-yildan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boʻlgan. 2000-yil 23-martda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Alimjonovni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, 24-mart kuni boʻlib oʻtgan viloyat Kengashining sessiyasida uni lavozimiga tasdiqladi . 2000-yil oktabr oyidan 141-son Jarqoʻrgʻon saylov okrugi boʻyicha Oliy Majlisga deputat etib saylangan, 2002-yilda agrar, suv xoʻjaligi va oziq-ovqat masalalari boʻyicha Oliy Majlis Senati qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz