Baxtiyor Mahkamov
Baxtiyor Shuhratovich Mahkamov (1985-yil 17-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2016), professor (2020).
Biografiyasi
Baxtiyor Mahkamov 1985-yil 17-aprel Toshkentda ziyoli oilasida tugʻilgan. 1992—2002-yilllarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 9-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetining moliyaviy menejment yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni, 2008-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining menejment (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlagan. 2007—2013-yillarda „Uzdunrobita“ qoʻshma korxonasi marketing boʻlimi, marketing tadqiqotlari boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, 2013—2014-yillarda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida „Mehnat iqtisodiyoti va boshqaruvi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2014—yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi „Marketing, investitsiyalar va taʼlim iqtisodiyoti“ boʻlimi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 2014—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi, 2015—2020 yillarda Elektromagnit moslashuv markazining 1-toifali muhandisi, markazning „Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish boʻlimi“ boshligʻi, 2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining „Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish“ boʻlimi boshligʻi, radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining kotibi, 2021-yilda Elektromagnit moslashuv markazi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliya koʻrsatgan. 2021-yil 15-iyundan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori.
Oilasi
Oilali. 3 nafar oʻgʻli bor.
Ilmiy faoliyati
Baxtiyor Mahkamov 2016-yilda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 45 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org