Baxtiyor Ibragimov (diplomat)




Ushbu maqola diplomat haqida. Olim haqida Baxtiyor Ibragimov maqolasiga qarang.

Baxtiyor Neʼmatjonovich Ibragimov  – oʻzbek diplomati. 2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.

Maʼlumoti



1989-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1993-yilda Malayziya xalqaro aloqalar va diplomatiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati



1989—1992 – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi.

1992—1993 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro iqtisodiyot, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻlimining uchinchi kotibi.

1993—1995 – Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi uchinchi kotibi.

1995—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998—2002 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi.

2002—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi xorijdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi.

2003—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2004—2009 – Oʻzbekiston BMTdagi doimiy vakolatxonasining siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.

2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2011—2017 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.

2017-yil 8-maydan 2023-yil 7-avgustgacha – Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili.

2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi, bir vaqtning o'zida Vengriyadagi elchisi.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Oilasi



Otasi Neʼmatjon Ibragimov, general-mayor. Uzoq yillar prokuratura tizimida ishlagan. 1983—1985-yillarda OʻzSSR ichki ishlar vaziri boʻlgan. Akasi Ibragimov Dilmurod Neʼmatjonovich, jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tumani sudi raisi boʻlgan.

Manbalar




Yana qarang




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz