Baxtiyor Ibragimov
Ushbu maqola olim haqida. Diplomat haqida Baxtiyor Ibragimov (diplomat) maqolasiga qarang.
Baxtiyor Tulaganovich Ibragimov — supramolekulyar sohasi boʻyicha kimyo olimi hisoblanadi. Kimyo fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti.
Tarjimai hol
1949-yil 11-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1973-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlab keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Bioorganik kimyo institutida amaliyot ilmiy xodimi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodimi bo’lib ishlagan.
2003-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi boʻlgan. Ayni pallada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti sanaladi.
Kimyo olimi 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 ta qoʻllanma va 10 ta ixtiro muallifi hamdir. Bugungi kunda 3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodini yetishtirib chiqargan.
Baxtiyor To’laganovich 2017-yilning oxirida unga Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvoni berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti etib tayinlangan (2018-yildan).
Mukofot va unvonlar
2001-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
2007-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
2020-yilda “Doʻstlik” ordeni” bilan taqdirlangan.
2021-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Ibrohimov qoidasi
“Ibragimov qoidasi”ning asoschisi, bu qoida dunyo boʻyicha 20 dan ziyod olimlar tomonidan e’tirof etilgan, oʻz ilmiy maqolalarida “Ibragimov tomonidan tuzilgan qoida” va dunyoning turli mamlakatlaridagi supramolekulyar kimyo boʻyicha 5 tadan ortiq darsliklarga kiritilgan. Muallifning ijodiga dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq murojaat tushgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org