Baxtier Sayfullayev
Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich (1951-yil 3-aprelda yoki 1-aprelda, Toshkentda — 2023-yil 14-fevral) — oʻzbek madaniyat arbobi, siyosiy va davlat arbobi, pedagogika fanlari nomzodi, professor. Toshkent madaniyat instituti rektori, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (2017—2018). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, shuningdek, yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2020—2023).
Biografiyasi
1951-yil 3-aprelda Oʻzbekiston, Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent madaniyat institutini tugatgan.
2005-yildan 2012-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining birinchi oʻrinbosari (madaniyat ishlari boʻyicha).
2017-yil avgustdan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, shuningdek, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori.
2020-yil 20-yanvarda, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi.
Vafoti
Baxtiyor Sayfullayev 2023-yil 14-fevralda 72 yoshida olamdan o‘tdi.
Unvon va mukofotlari
U professor ilmiy darajasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanʼat arbobi unvonlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org