Baxshillo Fatullayev




Baxshillo Fatullayev (1964-yil 15-sentyabrda tavallud topgan) — oʻzbek televideniyesi va kino aktyori.

Biografiyasi



Fatullayev Baxshillo Ismatovich 1964-yil 15-sentabrda Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1981-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent rassomlik va teatr institutiga o‘qishga kirgan. 1986-yilda institutni tamomlab, sanʼat sohasida faoliyatini davom ettishni boshladi.

Faoliyati



Baxshillo Fatullayev sanʼatdagi faoliyatini 1989-yildan boshladi. Baxshillo Fatullayev 2012-yilda „Faryod“da filmida badiiy debyutini boshlagan, shundan soʻng koʻplab serial va filmlarda tusha boshladi.Baxshillo Fatullayev 1986—1989-yillarda Buxoro viloyati madaniyat markazi mudiri lavozimida ishladi. 1970-yillarda Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 272-maktabda oʻqtuvchi boʻlib ishladi.1982—1986-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi boʻldi. 2012-yilda Said Muxtorovning „Faryod“ filmida ota rolini oʻynadi . 2014-yilda „Koʻz yoshlari“ filmidagi roli unga unchalik omad keltirmadi. 2015-yilda „Egizak oshiqlar“, 2016-yilda Farhod va Shirin rollari unga katta muvaffaqiyat keltirdi. Prodyuser Ruslan Mirzayev Baxshillo Fatullayevga muvaffaqiyat keltirgan „Istanbulli milliarder“ filmida rol o‘ynagan. „Panjara“ filmidagi salbiy qahramon bilan Baxshillo Fatullayev ko‘p qirrali aktyor ekanligini ommaga ko‘rsatdi. Rustam Saʼdiyevning „Ota ro‘zi“ filmida bosh rolida oʻynagan. Turkiya bilan hamkorlikda suratga olingan „Yuraklar jangi“ va „Muhabbat o‘yinlari“ seriallari unga haqiqiy shuhrat keltirdi. Baxshillo Fatullayev 2021-yilda „Mehr-shafqat operatsiyasi“ filmida harbiy rolda paydo boʻldi.

Filmlarda



Baxshillo Fatullayev turli filmlarda suratga tushgan.

Seriallarda




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz