Baxshanda Norova




Baxshanda Norova (1932-yil, Arabxona qishlogʻi, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Buxoro tumani „Paxtakor“ kolxozi brigadiri (1974), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1957).

Tarjimayi holi



1932-yili Buxoro tumani Arabxona qishlogʻi dehqon oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, mehnat faoliyatini 1951-yildan Buxoro tumanidagi „Paxtakor“ kolxozida kolxozchi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik ushbu kolxozning zveno boshligʻi, 1974-yildan to pensiyga chiqqunga qadar shu kolxozning brigadiri sifatida faoliyat yuritgan. 1955-yilda u koʻp ming kilogrammchilar harakatiga qoʻshilib, mavsumda zvenosi bilan birgalikda qoʻlda 15 tonna paxta tergan, zvenosi paxtadan yuqori hosil yetishtirgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz