Baxodir Sobirov
Bahodir Sobirov Boypoʻlotovich (1963-yil 17-aprel, Navbahor tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor
Biografiyasi
Bahodir Sobirov 1963-yil 17-aprel Navoiy viloyati Navbahor tumanida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1985—1992-yillarda Navoiy shahar 2-hunar-texnika bilim yurti ishlab chiqarish ustasi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 1992—1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Navoiy bo‘limida ximiya va ximiya texnologiya kafedrasi laboranti, katta laboranti, assistent, katta o‘qituvchi, ximiya-texnologiya fakultetida dekan o‘rinbosari, 1995—1998-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi ixtisoslashgan texnika kolleji direktori, 1998—2000-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti tadbirkorlik va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori, 2000—2010-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2010—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2013—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi raisi o‘rinbosari, 2013—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining Idoraviy metrologik nazorat xizmati rahbari, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar kollejlari faoliyatini o‘quv-metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, 2019-yilda Kasb-hunar taʼlimi tizimini inovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash instituti rahbari vazifasini bajaruvchi, 2019—2020-yillarda Pedagog innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish instituti rektori lavozimida ishlagan. 2020-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti rabhari. Oliy majlis qonunchilik palatasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi insonning erkinliklariga rioya etilishi va konstitutsiyaviy huquqlari boʻyicha komissiya aʼzosi. „Elektron taʼlim“ va „Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy-uslubiy axborotnomasi“ jurnallarida bosh muharriri.
Ilmiy faoliyati
Bahodir Sobirovning 4 ta hammualliflikda darslik, o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalari chop qilingan. „Polimerlar kimyo“, „Kimyo tarixi“, „Organik kimyo“ singari darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org