Baxadir Yangibaev
Baxadir Yangibaevich Yangibaev (1960-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida tugʻilgan) - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (2006-2017).
Biografiyasi
Taʼlim
Malumoti oliy. Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvchi, iqtisodchi.
Mehnat faoliyati
2006-yildan 2017-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi.
Ish faoliyatini Beruniy yoʻl tamirlash va qurilish boshqarmasi ustasidan boshlagan. 1982—1993-yillarda yoshlar va partiya qoʻmitalarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 1993-yildan 1995-yilgacha Aksiyadorlik-tijorat "Tadbirkorbanki" Qoraqalpogʻiston boʻlimining kadrlar boʻyicha inspektori, iqtisodiy-tahlil boʻlimi boshligʻi, 1995—1996-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yordamchisi, 1996-yildan 1999-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Qoraqalpogʻiston boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat "Gʻallabanki"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filiali boshqaruvchisi, 2002-yildan 2006-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, 2006—2017-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2017-yildan - Shumanay tumani hokimi.
Mukofotlari
Baxadir Yangiboyev Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org