BAVURCHI



BAVURCHI, bovurchi — o’rta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. 14-asrdan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul ma’nosida ham qo’llanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pog’ona past mansab hisoblanganligini Boburning so’zlaridan bilish mumkin: “Bavurchiliq martabasidin bakavulluq martabasiga etkurub erdim” (“Boburnoma”, 210). Bavurchi istilohi fors tilida ham qo’llangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz