Bauyirjan Momishuli (qishloq)




Bauyirjan Momishuli (qozoqcha: Бауыржан Момышұлы атындағы, 1992-yilgacha — Burnoe) — Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyati, Jualiy tumanidagi qishloq. B. Momishuli qishloq okrugining maʼmuriy markazi va u yerdagi yagona aholi punkti. KATO kodi — 314230100.
Qishloq Tarazdan 60 km janubi-gʻarbda, Tyan-Shan, Qoratov va Qirgʻiz tizmalari oʻrtasidagi Jualiy platosida, dengiz sathidan 1000 m balandlikda joylashgan. Qishloqdan Teris daryosi (Asa daryosining irmogʻi) oqib oʻtadi.
Qishloqda Chimkent —Taraz yoʻnalishidagi Burnoe temir yoʻl stantsiyasi mavjud. Shuningdek, pivo zavodi, matbaa, tegirmon, qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash ustaxonalari, yogʻ va novvoyxonalar, jun yigirish va toʻqimachilik fabrikalari, don yigʻish punktlari bor. Qishloqdan Olmaota — Toshkent avtomobil yoʻli oʻtadi.
Qishloq oʻzining zamonaviy nomini Panfilov qahramoni — Bauyrjan Momishuli sharafiga olgan. 1995-yilda qishloqda B. Momishuli yodgorligi va muzeyi ochilgan.

Aholisi



1999-yilda qishloq aholisi 11687 kishini (5587 erkak va 6100 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 12 491 kishi (6 068 erkak va 6 423 ayol) yashagan.
2019-yil boshida qishloq aholisi 11513 kishi (5848 erkak va 5665 ayol) boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz