Baurjan Turisbek




Baurjan Turisbek (talaffuzi: Baurjan Turisbek) (1991-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — qozogʻistonlik yarim himoyachi. Xalqaro maydonda Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Faoliyati



Klub



Turisbek oʻz faoliyatini „Sunqor“ klubida boshlagan. Ilk futbol bilimlarini ham „Sunqor“ klubining yoshlar akaademiyasida boshlagan. U Qozogʻiston Premyer-ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2014-yilning birinchi yarmida u Semeyning Spartak jamoasi bilan shartnoma imzolab klub safiga qoʻshilgan. 2014-yilning yozida u Serbiya Superligasining „Radnički Niš“ jamoasi bilan shartoma imzolab Serbiyaga joʻnab ketgan. U Jelen SuperLigasidagi debyutini 2014-yilning 29-sentyabrida Radnički Nish safida safar oʻyinida „Spartak Subotica“ jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub etgan. U oʻyinning 85-daqiqasida Vladan Pavlovich oʻrniga 44-raqamli libosda maydonga tushgan. U 2014/2015-yilgi mavsumning birinchi yarmida Radnički Niš bilan 4 ta oʻyinda maydonga tushgan, keyinchalik Qozogʻistonga qaytib, 2015-yil boshida „Jetisu“ tarkibiga qoʻshilib Qozogʻiston Premyer Ligasida oʻyinga tusha boshlagan.

2016-yilning 21-iyunida Turisbek "Qayrat" klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan.

2018-yilning 11-yanvar kuni „Tobol“ klubi Turisbek bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati



2017-yilning 10-iyunida u Qozogʻiston milliy terma jamoasi tarkibida Daniyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida ishtirok etgan, biroq bu oʻyinda zahira oʻrindigʻida qolgan, murabbiy uni maydonga tushirmagan.

U keyingi saralash oʻyinida ham terma jamoagaa chaqirilgan. Bu safar futbolchi 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Bu oʻyin 2017-yil 1-sentyabr kuni Chernogoriyaga qarshi oʻtkazilgan. Oʻyinda Chernogoriya 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U terma jamoadagi ilk golini Ruminiyaga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro maydondagi gollari




Yutuqlari



Sunkar
— Qozogʻiston Birinchi divizioni : 2011

Qayrat
— Qozogʻiston kubogi : 2017

— Qozogʻiston Superkubogi : 2017

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz