Baubotanika
Baubotanika — bu meʼmoriy tuzilmalar texnik boʻgʻinlarining oʻzaro taʼsiri va oʻsimliklarning oʻsishi orqali yaratilgan qurilish usulini tavsiflovchi arxitekturaviy atama. Bu atama tirik oʻsimliklardan foydalangan holda inshootlarni loyihalash va qurish amaliyotini oʻz ichiga oladi. Bu usulda tirik va jonsiz elementlar bir-biriga shunday bogʻlanganki, ular birga oʻsib, oʻsimlik-texnik kompozitsion tuzilmalariga aylanadi.
Baubotanika usuli tirik daraxtlarning estetik va ekologik sifatlarini, binolarning statik funksiyalari va konstruktiv talablari bilan birlashtiradi va shu bilan bir qatorda sunʼiy qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi. Tuzilmalar, har xil hayvon turlarini qulay yashash muhiti bilan taʼminlaydi va ildiz tizimi tufayli anʼanaviy poydevorlarga ehtiyoj boʻlmaydi.
Baubotanika usulidan foydalanish yangi ixtiro emas va uni turli tarixiy va madaniy kontekstlarda topish mumkin, bunga Germaniyadagi Tanzlinden („raqsga tushadigan lima daraxtlari“) daraxti va Shimoliy-Sharqiy Hindistondagi living root bridge (tirik ildiz koʻprigi) misol boʻladi. Hindistonning Meghalaya viloyatida keng tarqalgan va Khasi hamda Jaintia tomonidan hsil qilingan koʻpriklar kauchuk anjir daraxtlarining (Ficus elastica) havo ildizlaridan iborat boʻlib, daryolar ustida yurish mumkin boʻlgan koʻpriklarni hosil qilish uchun oʻstiriladi. Jarayon oʻn besh yilgacha davom etishi mumkin boʻlsa-da, koʻpriklar tabiiy materiallar bilan mustahkamlanishi orqali eng kuchli tropik boʻronlarga ham bardosh bera oladi. Bundan tashqari, ming yillikning boshidan beri har xil eski bogʻ koʻrgazma maydonlarida „tol cherkovlari“ (tol novdalaridan yasalgan va mustahkam tomi yoʻq) qurilgan, ammo ular faqatgina bino vazifasini bajarish bilan cheklangan.
Tadqiqot
Ushbu tadqiqot sohasidagi ilk nashr 2005-yilda Ferdinand Lyudvigning "Baubotanik: Mit lebenden Pflanzen konstruieren " („Baubotanik: Tirik oʻsimliklar bilan loyihalash“ deb tarjima qilingan) nomli maqolasi Baumeister jurnalida chop etilgan. „Baubotanika“ atamasi 2007-yilda Shtuttgart universitetining Arxitektura va dizayn nazariyasi institutida (Institut für Grundlagen moderner Architektur und Entwerfenda) taʼriflangan boʻlib, uning konsepsiyasi ilmiy jihatdan yanada rivojlangan. Tadqiqotlar doirasida oddiy eksperimental binolar, masalan, piyodalar koʻprigi va Baubotanik minorasi qurilgan boʻlib, unda alohida oʻsimliklarni ulash orqali kattaroq Baubotanik inshootlarini yaratish imkoniyatlari tasvirlangan. Bundan tashqari, 2007-yil Bavariya davlat bogʻdorchilik koʻrgazmasi doirasida Waldkirchen shahrida ikki qavatli qushlarni kuzatish stantsiyasi oʻrnatildi. Keyinchalik, Nagoldda 2012-yilgi Baden-Württemberg davlat bogʻdorchilik koʻrgazmasi uchun uch qavatli chinor kubi yaratildi.
2017-yilda Myunxen Texnika Universiteti Landshaft arxitekturasi yashil texnologiyalari kafedrasida Baubotanika tadqiqot yoʻnalishiga asos solingan.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org