Batyr Ereşow




Batyr Ereşow Narkulyýewiç (talaffuzi: Batir Eryeshov; 13-iyun, 1966-yil, Lepab viloyati — 30-aprel, 2017-yil, Ashxobod) — turkman davlat arbobi.

Taʼlimi



1990-yilda Turkmaniston politexnika institutinining muhandis-qurilish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2009-yilda Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasini tugatgan.

Faoliyati



1990—1993-yillarda Galkinish etrapi, so‘ng Lebap viloyatidagi Garashsizlik etrapi taʼmirlash-qurilish uchastkasi ustasi, Lebap viloyati Garashsizlik etrapi 1-toifali hokimlik mutaxassisi.

1993—2006-yillarda „Lebapgurlushiq“ ishlab chiqarish birlashmasi 72- va 74-son mexanizatsiyalashgan qurilish kolonnalari boshlig‘i, bosh muhandisi, 70-sonli mexanizatsiyalashgan qurilish kolonnasi boshlig‘i.

2006—2009-yillarda „Turkmangaz“ davlat konserni kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i, „Gazig‘aytadanishleyish“ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

2009—2013-yillarda — Turkmanobod shahri hokim oʻrinbosari, Seydi shahri va Lebap viloyati hokimi.

2013-yilda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining O‘ta muhim qurilish loyihalari va kapital qurilish nazorati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

12.07.2013 — 04.04.2014 — Turkmaniston qurilish vaziri.

04.04.2014 — 07.07.2014 — Turkmaniston qurilish va arxitektura vaziri.

07.07.2014 — 29.04.2017 — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari.

Oʻlim va oʻz joniga qasd qilish haqidagi mish-mishlar



2017-yilning 4-may kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Batyr Ereşowning to‘satdan vafot etgani rasman eʼlon qilindi.

2017-yilning 21-may kuni „Xronika Turkmaniston“ mustaqil internet nashri Ereşow o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berdi. Nashrning yozishicha, Ereşowning o‘z joniga qasd qilishidan avval 2017-yil aprel oyi oxirida uning o‘g‘lining hibsga olingan, Ereşowning o‘ziga nisbatan paydo bo‘lgan korrupsiya gumonlari bo‘lgan. Shu ikki sabab tufayli oʻz joniga qasd qilgan, degan gumon paydo boʻlgan.

Oʻzbekistonning Buxoro viloyatidagi oilaviy qabristonga dafn etilgan.

Mukofot va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz