Batumi




Batumi (gruzincha: ბათუმი) — Gurjiston Respublikasidagi shahar (1878-yildan), Ajariya Respublikasi poytaxti (1921-yildan). Qora dengiz sohilidagi yirik port, kurort shahar va sanoat markazi. Boku — Batumi temir yoʻlning oxirgi st-yasi. Jan.da Turkiya bilan chegaradosh. Aholisi 152 839 kishidan ziyod (2014). B.ning iqlimi iliq, nam subtropik. Oʻrtacha yillik temperatura 14°, avgustda oʻrtacha temperatura 23°, yanvarda 6,4°; yyliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrta asrlarda Batomi deb yuritilgan. 17-asrda Usmonli turklar saltanati tarkibiga kirgan. Berlin shartnomasiga koʻra 1875-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan.

Neft qayta ishlanadi, mashinasozlik (kemalar, neft va choy sanoati uchun jihozlar, transformator, elektrokar va boshqa ishlab chiqariladi), oziq-ovqat (choy, tamaki fabrikalari, sitrus mevalari mah-sulotlari kti va boshqalar), yengil (koʻn poyabzal va tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmalari) sanoatlari rivojlangan. Texnik rezina buyumlari, kimyo-farmatsevtika, kofein zavodlari bor. Ped. instituti, 2 teatr, 2 muzey, akvarium-delfinariy bor. B. botanika bogʻida tropik va subtropik mintaqalarga xos oʻsimliklar oʻstiriladi. Shahar yaqinvda Maxinjauri, Zelyoniy Mis (Yashil burun), Sihisdziri, Kobuleti kurortlari joylashgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz