Batterflyay




Batterflyay (ing . butterfl y, aynan — kapalak) — sportcha suvda suzish usuli, bunda suvda koʻkrakda turgan holda qoʻllarni baravar aylanma shaklda harakatlantirib suziladi, oyoqlar brass usulidagidek harakatlantiriladi. 1934-yilda paydo boʻlgan. 1952-yilgacha brassning bir turi hisoblangan. 1953-yildan Xalqaro havaskorlik suvda suzish federatsiyasi (FINA) qaroriga koʻra mustaqil sport turiga aylangan. Shu yildan B.ning takomillashtirilgan koʻrinishi — "delfin" paydo boʻladi. Olimpiya oʻyinlari dasturiga 100 m (1968-yildan — erkaklar, 1956-yildan — ayollar oʻrtasida) va 200 m (1956-yildan — erkaklar, 1968-yildan — ayollar oʻrtasida) masofaga suzish kiritilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz