Batolit




Batolit (yun. bathos — chuqurlik, lithos — tosh) — chuqurlikda yotuvchi magmatik togʻ jinslarining joylanish shakli. B. asosan granitoidlarning yirik massivlari (qariyb 200 km²)dan iborat. Yer pusti burmali oblastlarining choʻkindi qatlamlari orasida yotadi. Nurash natijasida B.ning ayrim qismi baʼzan yer yuziga chiqib qoladi. Geofizik tadqiqotlar natijasida barcha granit jismlarning shaklan turlicha joy olishi va chegaralangan qalinlikka ega boʻlishi aniqlangan. Eng yirik B.lar Amerikaning Kordilyera togʻlarida, Oʻzbekistondagi togʻlar (Nurota, Qoratepa, Zirabuloq, Hisor, Chatqol-Qurama)da hamda Qozogʻiston, Ukraina, Kavkazda bor. B. tarqalgan rayonlarda volfram, molibden, oltin, temir konlari uchraydi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz