Batman
Batman (talaffuzi: Betmen) DC Comics komikslaridagi superqahramondir. Bob Kane va Bill Finger tomonidan yaratilgan. Batman haqidagi ilk komiks („Detective Comics“ #27) 1939-yilning 30-martida chop etilgan. Shu kungacha ushbu personaj haqida koʻplab filmlar, animatsion filmlar, teleseriallar va videooʻyinlar tayyorlangan.
Shaxsiyati
Bruce Wayne (talaffuzi: Bryus Ueyn) — amerikalik filantrop. Gotham shahrida yashaydi. Bruce bolaligida ota-onasining (Dr. Thomas Wayne va Martha Wayne) jinoyatchilar tomonidan oʻldirilishiga shohid boʻladi. Bu esa uni oxir-oqibat jinoyatchilarga qarshi kurashuvchi qahramonga aylanishiga olib keladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org