Batirashvili, Tarxan Temurovich




Tarxan Temurovich Batirashvili ( gruzincha: თარხან თემურის ძე ბათირაშვილი ; 11-fevral 1986-yil , Birkiani, Gruziya SSR, SSSR - 10-iyul, 2016-yil, Iroq ) - Suriya va Iroqdagi fuqarolar urushi ishtirokchisi, 2013-yildan - Iroq va Shom Islom Davlati (Suriya) harbiy amiri, "xalifalik" e'lon qilinganidan keyin esa uning "mudofaa vaziri" bo'ldi. Abu Umar ash-Shishoniy ( arabcha: أبو عمر الشيشاني Abu Umar Chechen ) nomini oladi.

Tarjimayi hol



1986-yil, 11-fevralda Pankisi darasining Birkiani qishlog'ida tug'ilgan. Temur Batirashvilining otasi nasroniy , etnik pshav bo`lgan. Uning onasi chechen musulmonlaridan bo`lib saraton kasalligidan vafot etgan. Oilada uch o‘g‘il bor: Tengiz, Tamaz va Tarxon, ularning barchasi bir paytlar nasroniylikni qabul qilgan, keyin esa vahobiy musulmon bo‘lishgan. Tamaz, otasining so'zlariga ko'ra, Chechenistonda jang qilgan .

Cho'pon bo'lib ishlagan. Maktabni tugatgach, 2007-yilda Gruziya armiyasiga chaqirildi, Janubiy Osetiyadagi to`qnashuvlarda qatnashdi . Otasining so'zlariga ko'ra, u ofitser bo'lishni niyat qiladi. Harbiy martabaga ega bo`lishni istagan edi, lekin tez orada sil kasali aniqlandi va u sog'lig'i sababli serjant unvoni bilan armiyadan bo'shatildi . U politsiyaga ishga kirishga harakat qilgan, ammo hech qanday natija bermadi .

2010-yilning kuzida Tarxan Batirashvili noqonuniy qurol saqlashda ayblanib sudlangan edi. Qamoqxonada Tarxon radikal islomni qabul qiladi.

2012-yilda kasallik tufayli qamoqdan muddatidan oldin ozod bo‘lib, Turkiyaga jo‘nab ketadi. Ketish sababi moliyaviy ahvolning og`irligi edi. Otasi “Endi u yerga [Suriyaga] eʼtiqodi tufayli borganini aytadi, lekin bilaman, bir tiyinimiz yoʻqligi uchun shunday qilgan” deb yozg`iradi. Keyinroq u Suriyaga yetib keldi.

Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi



left|thumb|200x200px| Tarxan Batirashvili Suriyada
2013-yildan boshlab Batirashvili Suriyadagi fuqarolar urushida hukumatga qarshi kuchlar tomonida qatnashgan. U asosan sobiq SSSR davlatlaridan kelgan muhojirlardan tashkil topgan " Jaysh-al-Muhojirin val-Ansor " (arab tilidan tarjimasi - "Muhojirlar va yordamchilar armiyasi") islomiy guruhiga rahbarlik qilgan. Keyin u IShID safiga qo‘shildiva 2013-yilning may oyida Suriyaning shimoliy sektorida - Halab, Raqqa, Latakiya va Idlib viloyatlarida jang qilayotgan guruhga rahbarlik qildi. 2013-yilning noyabr oyi oxirida Jaysh al-Muhojirin boʻlindi: Batirashvili boshchiligidagi bir qismi IShID bilan toʻliq birlashdi, ikkinchisi Saloh ad-Din ash-Shishaniy boshchiligida mustaqil guruh sifatida faoliyatini davom ettirdi . Abu Usama al-Mag‘ribiy ash-Shishaniyga yaqin bo‘lgan va u bilan birgalikda 2013-yili Menag aerodromiga hujumni boshqargan. 2014-yilda uning qo‘mondonligi ostidagi otryadlar shimoli-sharqdan Dayr-az-Zor shahriga bostirib kirgan al-Nusra fronti va islomiy front guruhlari uchun barcha ta’minot yo‘llarini uzib qo‘ygan. Bu guruhning qurshab olingan a'zolari olti oy davomida hukumat samolyotlari tomonidan bombardimon qilinishiga olib keldi va keyin qurshovdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Tarxan Batirashvili shuningdek, Dayr-az-Zor viloyatida IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga bay‘at qilishdan bosh tortgan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan Shuaytat sunniy qabilasi qirg‘inlari uchun ham javobgardir .

2015-yilning may oyida AQSh Davlat departamenti Batirashvilini qo‘lga olishga xizmat qiladigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot puli berishini ma'lum qiladi .

2016-yil sentabrida Tarxan Batirashvilining o‘limidan so‘ng IShIDning bosh harbiy rahbari lavozimi Tojikiston OMON guruhining sobiq rahbari Gulmurod Halimovga (at-Tojiki) o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Va shuningdek...




Eslatmalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz