Batayskdagi Mo‘’jizakor Nikolay haykali
Batayskdagi Moʻ’jizakor Nikolay haykali — Rostov viloyati, Bataysk shahridagi bronza haykaltaroshlik asari. 2008-yilda ochilgan haykal muallifi Sergey Isakov edi.
Tarixi
2008-yil 26-sentabrda Batayskda Moʻ’jizakor Nikolay haykali ochildi. Nikolay taxminan 280-yilda nasroniy oilasida tugʻilgan, uning ota-onasi Feofan va Nonna edi. Oila Kichik Osiyoning janubiy sohilidagi Patara shahrida yashagan. Nikolay oʻzining yaxshi ishlari va moʻ’jizalari bilan mashhur boʻldi.
Haykali shahar maydonidan yaqqol koʻrinadi, u shaharning meʼmoriy va haykaltaroshlik ansamblini toʻldiradi. Yodgorlikni ishlab chiqarish uchun bronza ishlatilgan, jarayonning oʻzi Moskvadagi quyish ustaxonalarida amalga oshgan. Yodgorlikning balandligi 3 metr, vazni bir tonnadan oshadi. Rossiyaning turli shaharlarida Moʻ’jizakor Nikolay yodgorliklari mavjud boʻlib, ular Omsk, Maykop, Tambov, Sergiev Posad, Yeysk, Chukotka va Kuril orollarida oʻrnatilgan.
Yodgorlik Bataysk shahri kunini nishonlash doirasida ochildi.
Ochilish Madaniyat uyi oldida boʻlib oʻtgan. Bu maydonga avliyo sharafiga nom berishga kelishilgan. Moʻ’jizakor Nikolay haykali ochilishi avliyo ibodatxonasining ochilishi arafasida oʻtkazilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org