BASTION



BASTION (Fransuzcha bastion — mustahkam qo’rg’on) — atrofi mustahkam devor bilan o’ralgan, beshburchak shaklida qurilgan harbiy istehkom. Bastionda zambaraklarni o’rnatish uchun maxsus ko’tarmalar quriladi, mudofaa devori va xandaqning oldi, yon tomonini o’qqa tutish uchun o’t ochish nuqtalari o’rnatiladi. Bastion birinchi marta Italiyada 15-asrda paydo bo’lgan. Bastion o’z vaqtida zo’r va ishonchli istehkom vazifasini o’tagan. Bastion 19-asr o’rtalarigacha qo’llanilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz