Basso ostinato




Basso ostinato (ital basso ostinato — qatʼiy bas) — musiqada variatsiya shakllaridan. Asarda oʻzgaruvchi yuqori ovozlar joʻrligida pastki (bas) ovoz koʻp marta takrorlanishiga asoslanadi. Qad. rake janrlari (passakalya, chakona)da va ular asosida yaratilgan asarlarda (mas, I. S. Bax, D. Bukstexude, D. Shostakovich, P. Xindemit va boshqa ijodida) Basso ostinato shaklidan keng foydalanilgan. Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlarida ham qoʻllaniladi: M. Tojiyevning 1-simfoniyasi (1 qism — "Passakalya"), F. Yanov-Yanovskiyning "Orkestr uchun konsert"i (V qism — "Basso ostinato"), Ik. Akbarovning "Samarqand hikoyalari" (IV qism — "Shohizinda") va boshqa

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz