BASOV NIKOLAY GENNADIYEVICH
BASOV NIKOLAY GENNADIYEVICH (1922.14.12) — fizik olim, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik. Birinchi kvant generator — mazerni yaratdi (A. M. Proxorov bilan birgalikda). Ilmiy ishlari yarimo’tkazgich lazerlariga, qattiq jismlardan bo’lgan lazerlarning qudratli impulslari nazariyasiga, chastota kvant standartiga, qudratli lazer nurlanishining modda bilan o’zaro ta’siriga oid. Nobel mukofoti laureati (1964; A. Proxorov va Ch. Tauns bilan birgalikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz