Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi




Basketbol boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi — basketbol boʻyicha xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Basketbol boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 7 marta Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Shu paytgacha Olimpiada oʻyinlari va jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan, chunki federatsiya mamlakatda basketbolni rivojlantirish uchun pul ajratmagan.

2014-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston basketbol boʻyicha erkaklar terma jamoasi 45 ta rasmiy oʻyin oʻtkazib, 17 uchrashuvda gʻalaba qozongan va 28 ta uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan.

Osiyo chempionatida ishtiroki



- 1991-yilgacha SSSR tarkibida boʻlgan

- 1993 Jakarta - saralashdan oʻta olmagan

- 1995  Seul - 7 o'rin

- 1997  Ar-Riyod - saralashdan oʻta olmagan

- 1999  Fukuoka - 9 o'rin

- 2001  Shanxay - 9 o'rin

- 2003  Xarbin - 14 o'rin

- 2005  Doha - 11 o'rin

- 2007  Tokusima - saralashdan oʻta olmagan

- 2009  Tyantszin - 14 o'rin

- 2011  Uxan - 12 o'rin

- 2013  Manila - saralashdan oʻta olmagan

Osiyo oʻyinlarida ishtiroki



- 1994  Xirosima - saralashdan oʻta olmagan

- 1998  Bangkok - 9 o'rin

- 2002  Pusan - saralashdan oʻta olmagan

- 2006  Doha - 11 o'rin

- 2010  Guanchjou - 6 o'rin

- 2014  Inchxon - saralashdan oʻta olmagan

Havolalar



Basketbol boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi

Musobaqalar

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz