Basiley




Basiley (basilevs) — 1) Pilos bitiklariga koʻra, Miken davrida kichik qishloq hokimi; 2) Gomer dostonida — qabila yoxud qabilalar ittifoqi rahbari. Dastlab saylab qoʻyilgan, soʻngra hokimiyat meros boʻlib oʻtgan; 3) Sparta shoxlarining ikki unvonidan biri; 4) Afinada — dastlab qabila yoxud qabilalar ittifoqi boshligʻi, soʻngra 2-arxont; 5) Yunon va makedon shoxlarining ellinistik mamlakatlaridagi unvoni va umuman yunon adabiyotida shohni anglatuvchi atama; 6) Vizantiya va Rim imperatorlarining Avgustdan boshlab olgan unvoni.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz