Bartosz Salamon
Bartosz Salamon (talaffuzi: Bartosh Salamon; 1991-yil 1-mayda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Polshaning Lech Poznań klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, Polsha milliy terma jamoasi bilan UEFA Yevro-2016da qatnashgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Salamon futbolchilik faoliyatini „Concordia Murowana Goślina“da boshlagan. Keyin Polshaning „Lech Poznań“ klubi akademiyasiga oʻtdi.
Brescia va Foggiaga ijara
2008-yil 3-may kuni 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib, Modenaga qarshi o‘yinning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib B seriyadagi debyutini oʻtkazdi. 2009-yilning 17-yanvarida birinchi marta Brescianing Pizaga qarshi oʻyinida jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi, jamoa 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. 9-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Ravennaga qarshi oʻyinda (1:0) „Brescia“ safidagi ilk golini kiritdi.
2010-yil iyul oyidan Italiya futbolining uchinchi ligasi hisoblanish Lega Pro Prima divizionidagi US Foggia jamoasida ijara asosida oʻynashi eʼlon qilindi.
2011—2012-yilgi mavsumda Bresciaga qaytdi. 2012—2013-yillarda Bresciada asosan markaziy himoyada oʻynadi.
Milan
2013-yilning 31-yanvarida Salamon Milanga o‘tib, 2017-yilgacha shartnoma imzoladi, to‘lovi 3,5 million yevroga teng boʻldi. Unga 14-raqamli futbolka berildi.
Sampdoria
2013-yilning 11-iyulida Salamon 1,6 million yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida Sampdoriaga o‘tdi. 2014-yil 1-sentyabr kuni Salamon vaqtinchalik shartnoma asosida Pescaraga qoʻshildi
Cagliari
2015-yilning 31-avgustida Salamon Cagliariga 5 yillik shartnoma asosida 1 million yevro evaziga oʻtdi.
Salamon debyutini 2015-yilning 7-sentyabrida Crotonega qarshi oʻyinda oʻtkazdi, klub raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2015—2016-yilgi mavsumda klub bilan B seriya chempionligini qoʻlga kiritdi va shu tariqa A Seriyaga oʻtishdi.
2017—2018-yilgi mavsum boshida SPAL 2013ga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini Udinesega qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi.
Frosinone
2018-yil 9-avgust kuni Salamon sotib olish majburiyati bilan 2019-yil 30-iyungacha ijara asosida A Seriyaning Frosinone jamoasiga o‘tdi.
Lech Poznań
2021-yil 9-yanvarda Polshaning Ekstraklasa vakili Lech Poznań bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Salamon Polshaning U-16, U-17, U-18, U-19, U-20 va U-21 toifalarida terma jamoalarini himoya qilgan. 2010-yil sentyabr oyida birinchi marta Polsha terma jamoasiga AQSh va Ekvadorga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 2013-yilning 26-martida San Marinoga qarshi jahon chempionati saralash bahsida debyut qilgan.
2016-yilning mart oyida, milliy terma jamoada uch yillik tanaffusdan soʻng, Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Adam Nawałkadan Serbiya va Finlandiyaga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 2016-yilning 30-mayida Polsha terma jamoasiga Yevro-2016 uchun chaqiruv oltarkibga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
24-mart, 2022-yil holatiga koʻra[17][18][19]
Xalqaro
Yutuqlari
Cagliari Lech Poznań Individual Manbalar
uz.wikipedia.org