Bartosz Kapustka




Bartosz Kapustka (talaffuzi: Bartosh Kapustka; 1996-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, Ekstraklasa ligasining „Legia Warsaw“ klubi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



KS Cracovia



Kapustka avval KS Cracovianing zaxira jamoasida oʻynagan va 2012-yil oktyabr oyida asosiy jamoaga oʻtganidan keyin oʻzining professional faoliyatini boshladi.

Leicester City



Kapustka 2016-yilning avgust oyida Premyer-liganing „Leicester City“ klubiga 7,5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma asosida kelib qoʻshildi. Jamoa murabbiyi Raneri Kapustka hali Premuyer-ligada oʻynashga olishiga ishonchi komil emasligini tan oldi. 23 yoshgacha boʻlgan „Leicester“ jamoasida oʻynagan boʻlsa, FIFA qoidalariga koʻra, futbolchining bir mavsumda uchta klubda oʻynashini taʼqiqlaganligi sababli, ijaraga berish mumkin emas edi

Kapustka 2017-yilning 7-yanvarida Angliya kubogining 3-bosqichida „Everton“ ga qarshi oʻyining 84-daqiqasida Marc Albrightonning o‘rniga maydonga tushib debyut qildi. Oʻyin 2:1 hisobida yakunlandi. 2017-yil 8-fevralda Angliya Kubogining 4-raundida „Derby County“ ga qarshi o‘yinda (3:1) ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi, hujumchi Ahmed Musa ortida markaziy hujumda o‘ynadi. Kapustka 81-daqiqada zaxiraga olindi, o‘rnini Riyad Mahrez egalladi.

SC Freiburg (ijara)
2017-yilning 14-iyulida Kapustka 2017—2018-yilgi mavsumda Bundesliganing SC Freiburg klubiga ijara asosida oʻtdi. Breisgauliklar uni mavsum oxirida 5 million yevro evaziga toʻliq sotib olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

OH Leuven (ijara)
2018-yilning 31-avgustida Kapustka Belgiyaning birinchi divizioni B divizionidagi „Oud-Heverlee Leuven“ klubiga 2018—2019-yilgi mavsum uchun ijara asosida o‘tdi.

Legia Warsaw



2020-yil 13-avgustda Kapustka Polshaning Ekstraklasa ligasi vakili Legia Varshava klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



2015-yil 7-sentyabrda Kapustka Polsha terma jamoasi safida Gibraltarga qarshi o‘yinda Jakub Błaszczykowski oʻrniga maydonga tushgan holda debyut qildi. Terma jamoadagi ilk golini oʻsha kuni urdi. Yevro-2016 musobaqasiga tayyorgarlik paytlarida Kapustka tungi klub tashqarisida mushtlashib, jarohat oldi. Voqeadan soʻng Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Adam Nawałkaga shaxsan qoʻngʻiroq qilib, undan kechirim soʻradi va boʻlajak turnir uchun terma jamoadan chetlashtirilmasligini soʻradi. Shunday boʻlsa-da, Kapustka Polshaning Yevro-2016 musobaqasi uchun tarkibiga tanlab olindi va jamoaning Shimoliy Irlandiya qarshi oʻyinida oʻz mahoratini koʻrsatdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



23-may, 2018-yil holatiga koʻra[13][14]

Xalqaro



Ballar va natijalar birinchi boʻlib Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Kapustka golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

Yutuqlari



Legiya Varshava

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz