Bart Simpson
Bartholomew JoJo Simpson — Simpsonlar nomli Amerika animatsion televizion serialidagi toʻqima qahramon hamda The Simpsons oilasining aʼzosi. Unga Nancy Cartwright ovoz bergan va ilk marotaba 1987-yil 19-aprelda The Tracey Ullman Showda namoyish etilgan „Good Night“ qisqa hajmli filmida koʻrinish bergan. Karikaturist Matt Groening Bart personajini James L. Brooks ofisi yoʻlagida yaratgan va uni dizaynlashtirgan. Groeningdan uning „Life in Hell“ komiksiga asoslangan bir qator qisqa hajmli filmlarni taqdim etishni soʻrashdi, ammo u buning oʻrniga yangi qahramonlar toʻplamini yaratishga qaror qildi. Qolgan qahramonlar Groening oila aʼzolari sharafiga nomlangan boʻlsa-da, Bart ismi bratʼ" soʻzining anagramidir.
Manbalar
uz.wikipedia.org