Barselona boshi
Barselona boshi (inglizcha: The Head of Barcelona, ispancha: La Cabeza de Barcelona) — amerikalik rassom Roy Lixtenshteyn tomonidan yaratilgan, Barselonadagi surrealistik haykal. Via Layetana koʻchasi va qirgʻoq boʻyi chorrahasida joylashgan. 1992-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun yaratilgan, sayyohlar eʼtiborini tortadigan, Barselona sohil boʻyining yorqin belgisidir.
Sement va tarkibi zanglamaydigan poʻlatdan boʻlgan skobalardan yasalgan 15 metrli haykaldir. Rangli keramik plitalar bilan qoplangan. Muallif, sopol plitkalar Antonio Gaudi va kataloniya modernining boshqa mualliflariga, hurmat belgisiligini aytgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org