Barot sulton




Barot sulton  — mangʻitlar sulolasidan, Buxoro xoni Muhammad Rahimning ukasi. 1756—1758-yillarda Buxoro xonligida Samarqand bekligi hokimi.

Tarixi



Barot sulton mangʻit urugʻidan boʻlgan Muhammad Hakimbiy xonadonida tugʻilgan. Mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon Samarqand va Oʻratepaani bosib olgach, ukasi Barot sultonni Samarqandga hokim etib tayinlaydi. 1758-yilda Muhammad Rahimxon vafotidan keyin Buxorodan bir qancha viloyatlar ajralib chiqdi. Oʻratepa va Xoʻjand hokimi, yuz urugʻidan boʻlgan Fozilbiy Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xatirchi va Jizzaxni egallaydi, natija Barot sultonning Samarqanddagi hukmronligi oʻz nihoyasiha yetadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz