Baron (film)




"Baron" „Baron“ oʻta yuqori aniqlikdagi 4K formatida suratga olingan birinchi oʻzbek filmidir. Bu filmning rejissor va ssenariy muallifi Rustam Saʼdiyev. Filmning bosh prodyuserlik ishlarini Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi amalga oshirdi. „Baron“ filmining yopiq premyerasi esa 2016-yil 15-yanvar kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan.

Kino gʻoyasi



Film gʻoyasi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan bu davrda dunyo tubsizlikka qarab ketayotganini koʻrsatishga harakat qilingan. Qonli urushlar, dahshatli terror xurujlari, geosiyosiy mojarolar, iqtisodiy inqiroz — bularning barchasi bizni beixtiyor jamiyatimiz kelajagi haqida jiddiyroq oʻylashga majbur qiladi. Boshqa global muammolar qatorida yillar davomida oʻz tarmoqlarini kengaytirib, yangi mamlakatlarga kirib borayotgan giyohvand moddalar savdosi ham nazarga olingan. Bu jangovar filmi giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash haqida hikoya qiladi shu bilan birgalikda bir vaqtning oʻzida sevgi va qasos, ota va farzand, oila, adolat va fidoyilik mavzularini koʻtargan.

Mazmuni



Film bosh qahramoni bokschi Botir oddiy jang tufayli qamoqqa tushadi. Uning xotini, qamalgan erini qamoqdan chiqarishga urinib, giyohvand moddalarni yutib olib ketuvchi kurer rolini oʻynashga rozi boʻladi. Manashu topshiriqni bajarish uchun geroinni oshqozoniga yutib olib Moskvaga joʻnab ketayotganida, geroinning yirtilgan oʻrami tufayli oshqozoniga ziyon yetib Toshkent aeroportida vafot etadi. Qasos olishga chanqoq boʻlgan Botir Oʻzbekiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qiladi, ular rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda Afgʻonistondan dori vositalarining tranzit tarmogʻini yoʻq qilish boʻyicha kelishib oladi. Filmda nafaqat huquq-tartibot kuchlari va narkobiznes oʻrtasidagi kurash, balki turli qadriyat yoʻnalishlari qarama-qarshiligi ham koʻrsatilgan.

Rollarda




Suratga olish guruhi




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz