Barokamera




Barokamera — barometrik bosimni sunʼiy ravishda oʻzgartirishga imkon beruvchi germetik kamera. Past bosimli (vakuumli), yuqori bosimli (kompression), muqim (statsionar) va koʻchma turlari boʻladi. Eng koʻp tarqalgan turi past bosimli B.; unda bosimni atmosfera bosimidan boshlab mm sim. ust. ulushlarigacha (1 mm sim. ust.=133,322 n/m2) oʻzgartirish mumkin. B. hajmi m3 ulushlaridan bir necha yuz m3 gacha. Past bosimli B .dan kosmik tibbiyotda Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli hodisalarning inson va hayvonlar organizmiga taʼsirini oʻrganishda, balandlik mashqlarini oʻtkazishda, kosmosda ishlatiladigan jihoz va asboblarni sinashda foydalaniladi. Ichki temperaturani oʻzgartirsa boʻladigan B. termobarokamera deyiladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz