Barograf




Barograf (baro... va yun. grapho — yozaman) — atmosfera bosimini uzluksiz qayd qilish uchun moʻljallangan asbob. Ishlash tarziga qarab, aneroidli va simobli xillarga boʻlinadi. Amalda aneroidli B. koʻproq ishlatiladi. Uning qabul qiluvchisi bir-biriga mahkamlangan aneroid qutilaridan iborat. Atmosfera bosimi oʻzgarganda qutilar qisiladi yoki choʻziladi, natijada ularning qopqoqlari koʻtariladi yoki pasayadi va shunda pero darajalarga boʻlingan lentaga muayyan chiziqlarni chizadi. Shu tariqa atmosfera bosimi qayd qilib boriladi. Juda sezgir B. mikrobarograf deb ataladi. Meteorologiya st-yalarida, samolyot va aerostatlarda ishlatiladi (qarang Barometr).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz