BARNETT EFFEKTI — ferromagnit namunaning aylanishi bilan uning aylanish o’qi bo’yicha magnitlanganlikning oshishi hodisasi. Amerikalik fizik S. Barnett 1909 yilda kashf etgan. Atomlar magnit momentlarining mexanik momentlariga bog’liqligini ko’rsatadi. Barnett effektiga teskari effektni Eynshteyn — de Xaaz effekti deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish