Barnes (London)




Barnes (inglizcha: Barnes) – Angliyaning janubidagi tuman, Temzadagi Richmond okrugi tarkibiga kiradi. Richmond markazidan 9.3 km uzoqlikda, Temza daryosi boʻyida joylashgan.

Geografiyasi va transporti




Barns Londonning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarb, shimol va sharqdan Temza daryosi bilan chegaralangan.

Temir yoʻli



Barns London metro tarmogʻida emas. Biroq, unga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkita Milliy temir yoʻl stantsiyalari xizmat koʻrsatadi hamda ularning ikkalasi ham Londonning Travelcard 3 zonasida joylashgan:

Ikkala stansiyaga faqat Janubiy Gʻarbiy temir yoʻl tomonidan boshqariladigan poyezdlar xizmat koʻrsatadi. Barnes temir yoʻl stansiyasiga janubi-gʻarbdan Teddington va Kingston tomon yuradigan poyezdlar ham xizmat koʻrsatadi. Eng yaqin boshqa temir yoʻl stantsiyalari Putney va Mortleykda joylashgan.
Qoʻshni Hammersmitda London metrosi mavjud boʻlib, u yerda ikkita stansiya toʻrtta liniyaga xizmat qiladi: Circle va Hammersmith & City liniyalari va District va Piccadilly liniyalari . Hammersmitdan shahar va West End bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar mavjud. Bundan tashqari, Xitrou aeroporti, Ealing, East End va Rayner’s Lane bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishlar mavjud.

Avtobuslari



Barnesga quyidagi London avtobuslari xizmat koʻrsatadi: 33, 72, 209, 265, 283, 378, 419, 485 va N22.

Tarixi




1889-yilda Barnes Barnes munitsipal okrugi tarkibiga kirdi. 1965-yilda esa bu tuman tugatildi va Barnes Temzadagi Richmondning London tumani tarkibiga oʻtkazildi.

Ibodat joylari



Barnes hududida yettita cherkov mavjud bor.

Sporti



Futboli



Barnesni futbol tarixida oʻz oʻrni bor. Maʼlumotlarga koʻra futbol oʻyinlariga hakamlik qilish tarixi shu yerga kelib taqaladi. Barnes futbol akademiyasi ham Angliya futboli uchun yosh iqtidorlarni kashf qilishni davom etmoqda.
Tuman sharafini himoya qiluvchi eng yaxshi futbol klubi Stonewall FC hisoblanadi.

Regbisi



Barnes tumanida regbi ham ancha rivojlangan. Baren Elms nomi bilan tanilgan Barnes Regbi klubi maydoni WWT London suv-botqoqlar markazi yonida joylashgan. Klub mamlakat miqiyosida oʻz oʻrniga ega.

Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz