Barnaul




Barnaul (ruscha: Барнау́л) — Rossiyadagi shahar (1730-yil tashkil topgan va shahar mavqein 1771-yildan boshlab olgan), 1937-yildan buyon Oltoy oʻlkasining (ruscha: Алтайский край) maʼmuriy markazi. Shahar Gʻarbiy Sibir janubidagi Barnaulka daryosining Obga quyilish joyida joylashgan. Shahar maydoni — 939,5 km, shahar aholisi — 649 574 kishi (2012), shuningdek shahar aholisining soni boʻyicha Rossiyada 20-oʻrinni egallab turibdi. Shahar okruglarining chegarasi yaqinidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda Barnaul aholisi 691 149 kishini tashkil qiladi. Sibirning yirik sanoat, madaniy va maorif markazi: 9 davlat OOʻYu, 5 teatr, muzeylar va ХVIII-XX asrlarga oid meʼmorlikning qadimiy yodgorliklari mavjud.

Tarixi




Shaharning tashkil topishi



Arxeologik tadqiqotlar hozirgi Barnauldagi ilk manzilgohlar tosh asrida paydo boʻlganini koʻrsatadi. Shahar hududida shu kunga qadar 63 ta arxeologik yodgorliklar saqlangan. Ular asosan qadimgi zamondan oʻrta asrgacha saqlangan shaharchalar, qoʻrgʻonlar va manzilgohlar. Bu manzilgohlarning koʻpchiligi Ob daryosining soʻng yoqasida, Barnaulning togʻli hududlarida, Moxnatushka, Kazyonnaya Zaimka, Gonba va Nauchniy Gorodok kabi joylarida joylashgan qishloqlarida uchraydi. Oltin Oʻrda davrida, ruslarning Sibirga koʻchib kelishaga qadar, bu yerda Abaksha degan qamal-qal’a boʻlgan. Shu qal’adan teleuitlar qoʻshni xalqlarga hujumlar uyushtirdi.

Barnaulning shahar boʻlib tashkil topgan rasmiy yaqti 1730-yil deb hisoblanadi. Buni konchi Akinfiy Demidovning Oltoy oʻlkasida zavod qurish maqsadida 200 ishchilarni olib kelishi bilan bogʻlaydi. Biroq, shaharning hujjatiy tan olingan yili 1739-yil boʻlib hisoblanadi. Sababi, shu yili Demidov Barnaulda kumush eritish zavodining qurilishini boshlagan edi. Shu sayohat shaharning rivojlanishiga katta hissasini qoʻshdi. Shuning tasiridan Baranaulga Markaziy Rossiya va Uraldan koʻchib keluvchilar koʻpaya boshladi.

Etimologiya

Shahar nomining chiqish tarixiga bogʻliq turli gipotezalar koʻp. Taniqli yozuvchi va oʻlkashunos olim Mark Yudalevich oʻzining maqolalarida nomning chiqishiga bogʻliq turli olimlarning tadqiqotlarini jamlagan.
Tadqiqotchilar umumiy fikri, gipotezasi «Barnaul» nomining turkiy yoki mongol tilidan chiqish ildizlari bor, lekin nomning tarjimasi bir nechta variantlarga ega.

Geraldika
Barnaulning ilk gerbi 1846-yil tasdiqlangan. Gerb qalqoni fransuzcha geraldik formaning (toji va lentasi yoʻq) holatini koʻrsatadi. Qalqon koʻldalang ikki qismga boʻlingan. Yuqori qismi qalqonning uchdan bir qismini egallaydi. Unda Tomsk guberniyasining  asosiy elementi (namestnik gerb) — yashil fondagi chopib borayotgan oq otning koʻrinishi tasvirlangan. Ot — guberniya xoʻjaligida, togʻli sanoatda transport xizmatlarini bajaradigan asosiy simvol va chorvachilik uchun eng qulay hayvon. Gerbning pastki qismida havo rang muhitda tutab turgan qizil rangli kumush domna pechkasi  joylashgan. U oʻz navbatida mamlakatdagi kumush eritish sanoatining simvoli sifatida koʻrsatilgan.
Hozirgi paytdagi gerb 1995-yil 16-noyabrda tasdiqlandi. Uning asl nusxasi (rang-barang va qora-oq tasvirlar) Barnaul shahrining hokimyatida saqlanmoqda va unga qiziqqan kishilar bemalol erishsa boʻladi.

Barnaul bayrogʻidagi havo rang shaharning joylashgan yeri — Ob daryosining simvoli. Bayroqning markazida shaharning gerbi joylashgan.

Revolyutsiyagacha davr



Havolalar




Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz